Bir ilm

Bismillah

Bir ilm jamoasi haqida aytsam, gap juda ham ko'p, chunki bu Jamoaning har bir insoni alohida bir kitobdir. Bugungi post orqali men sizlarga bu loyihaning o'zgacha 3 foydasi haqida aytib bermoqchiman. 1. Mana deyarli bir yilki, bu loyiha kitobxonlar qalbidan joy olib kelmoqda va barcha qatnashchiga muntazamlik bilan qilingan ish katta natijalarga olib kelishini ko'rsatmoqda. Har hafta bittadan kitobni o'qib, uning ustida suhbat qurish! Tasavvur qilayapsizmi? Har hafta, to'xtalishlarsiz(!), buni juda ajoyib ko'rsatgich deb bilaman! O'zingizga savol bering, qaysi foydali ishni umuman to'xtatmasdan, muntazamlik bilan va aniq vaqtda qilib boryapsiz? Ko'rdingizmi? Javob berish oson emas, shuning uchun ham bu loyihaning eng katta foydalaridan deb men - muntazamlikni aytgan bo'lar edim. 2. Dono insonlarning bir ajoyib xislatlari bor va u tinglashni bilishdir... "Bir Ilm"ning kitob suhbatlarida qatnashar ekansiz, siz ko'plab insonlarning kitob haqidagi, undan olgan xulosa va fikrlarini tinglab, o'zingiz uchun juda ham foydali bo'lgan ilmlarni olasiz. Bu ishni qilish orqali esa siz mantiqiy fikrlashdek juda muhim bo'lgan qobiliyatingizni rivojlantirasiz! Qachon inson chiroyli va esda qolarli nutq qila oladi, bilasizmi? Qachonki, tinglab, to'g'ri xulosa chiqarsa va mantiqiy fikrlashi kuchlik bo'lsa... 3. 7 yoshdan 70 yoshgacha degan ajoyib gap bor. "Bir Ilm" loyihasining kitob suhbatlarida qatnashib kelarkanman, bir narsani aniq tushunib yetdim - Ilm olishning erta yoki kechi yo'q, hozir ayni vaqti! Yosh bolalardan to yoshi katta ulug'larimizgacha bu loyihamizda qatnashib, o'z ilmlarini ulashib kelmoqda, tasavvur qiling-a, bir oilaning barcha a'zolari, 1 hafta davomida kitob o'qishadi va bir-birlariga kitobning muhim joylarini so'zlab berib, kitob suhbatlarimizga tayyor holatda kelishadi, naqadar go'zal, Ma Shaa Alloh. Nega bu narsani aytyapman, bilasizmi? Kitoblarni birga o'qib, bolalaringizga ham kitobga mehr qo'yishni o'rgatsangiz, men aniq ishonamanki, ulardan yomon inson chiqmaydi! Har narsaning yakuni bo'lganidek, mening ham sizlarga ulashmoqchi bo'lganlarim hozircha shu edi, lekin bir narsani unutmang, "Bir Ilm" faqat men aytganlarim bilangina chegaralanib qolmaydi! Shunday ekan - Keling, safimizga qo'shiling va keyingi postlarda Alloh nasib qilsa, aynan siz o'z tajribangizni ulashasiz.

Bir ilm - sinang, qo'llang, ulashing!

TELEGRAM KANAL

Hamkorlar

Azon

Har narsaning yakuni bo'lganidek, mening ham sizlarga ulashmoqchi bo'lganlarim hozircha shu edi, lekin bir narsani unutmang, "Bir Ilm" faqat men aytganlarim bilangina chegaralanib qolmaydi! Shunday ekan - Keling, safimizga qo'shiling va keyingi postlarda Alloh nasib qilsa, aynan siz o'z tajribangizni ulashasiz.

Mezana

Har narsaning yakuni bo'lganidek, mening ham sizlarga ulashmoqchi bo'lganlarim hozircha shu edi, lekin bir narsani unutmang, "Bir Ilm" faqat men aytganlarim bilangina chegaralanib qolmaydi! Shunday ekan - Keling, safimizga qo'shiling va keyingi postlarda Alloh nasib qilsa, aynan siz o'z tajribangizni ulashasiz.

Wayu

- 1. Mana deyarli bir yilki, bu loyiha kitobxonlar qalbidan joy olib kelmoqda va barcha qatnashchiga muntazamlik bilan qilingan ish katta natijalarga olib kelishini ko'rsatmoqda. Har hafta bittadan kitobni o'qib, uning ustida suhbat qurish! Tasavvur qilayapsizmi? Har hafta, to'xtalishlarsiz(!), buni juda ajoyib ko'rsatgich deb bilaman! O'zingizga savol bering, qaysi foydali ishni umuman to'xtatmasdan, muntazamlik bilan va aniq vaqtda qilib boryapsiz? Ko'rdingizmi? Javob berish oson emas, shuning uchun ham bu loyihaning eng katta foydalaridan deb men - muntazamlikni aytgan bo'lar edim.

Busa

1. Mana deyarli bir yilki, bu loyiha kitobxonlar qalbidan joy olib kelmoqda va barcha qatnashchiga muntazamlik bilan qilingan ish katta natijalarga olib kelishini ko'rsatmoqda. Har hafta bittadan kitobni o'qib, uning ustida suhbat qurish! Tasavvur qilayapsizmi? Har hafta, to'xtalishlarsiz(!), buni juda ajoyib ko'rsatgich deb bilaman! O'zingizga savol bering, qaysi foydali ishni umuman to'xtatmasdan, muntazamlik bilan va aniq vaqtda qilib boryapsiz? Ko'rdingizmi? Javob berish oson emas, shuning uchun ham bu loyihaning eng katta foydalaridan deb men - muntazamlikni aytgan bo'lar edim.

Moderator